Ko'p yillik professional tajriba asosida barpo etilgan yirik kovrak plantatsiyalari. Xalqaro standartlarga mos toza kovrak shirasi (asafoetida), sertifikatlangan urug' va birgalikda investitsiya kiritish imkoniyatlari.
O'zbekistonning quyoshli kengliklari va tog'oldi unumdor tuprog'i dorivor Kovrak (Ferula foetida va Ferula tadshikorum) o'simligi uchun dunyodagi eng qulay tabiiy iqlim hisoblanadi.
Biz bir necha yildan buyon o'z plantatsiyalarimizda kovrakni zamonaviy agrotexnik qoidalar asosida parvarishlab, joriy yildan boshlab toza, yuqori sifatli qatron (shira) hosilini olishni boshladik.
Hech qanday vositachilarsiz, to'g'ridan-to'g'ri o'z plantatsiyalarimizdan yangi yig'ilgan toza mahsulot.
Tarkibida ferul kislotasi va qimmatbaho efir moylari maksimal darajada saqlangan.
Hindiston, Xitoy, Yevropa, Yaqin Sharq va boshqa davlatlarga barcha fitosanitariya hujjatlari bilan.
Bizning plantatsiyalardan olingan real fototasvirlar: Ildizdan shira olish jarayoni, toza qatron va ekin maydonlari
Farmatsevtika, dorivor ekstraktlar, an'anaviy tabobat va oziq-ovqat ziravorlari uchun xomashyo.
Ildizdan an'anaviy usulda qo'lda yig'ib olingan 100% toza, qo'shimchalarsiz tabiiy yelim. Farmatsevtika va oziq-ovqat sanoati uchun eng yuqori nav.
Yangi plantatsiyalar barpo etish uchun yuqori unuvchanlikka ega bo'lgan saralangan, toza va sog'lom kovrak urug'lari.
Qimmatbaho ekstraktlar va dorivor birikmalar ajratib olish uchun quritilgan va saralangan kovrak ildizi xomashyosi.
Kovrak (Ferula) — jahon bozorida eng qimmatbaho va talab doimiy yuqori bo'lgan dorivor o'simliklardan biridir. Biz mahalliy va xorijiy investorlarni yangi plantatsiya maydonlarini kengaytirish va birgalikda hosil olishga taklif etamiz.
Biz unumdor yer maydoni, sug'orish, professional agronomik parvarish va qo'riqlashni to'liq ta'minlaymiz.
Kovrak hosili 3-5 yil davomida shakllanadi va har gektaridan yillik yuqori valyuta daromadi keltiradi.
Yetishtirilgan barcha xomashyoni xalqaro bozorlarga (Hindiston, Xitoy va h.k.) eksport qilish bo'yicha tayyor shartnomalar.
Kovrak plantatsiyasidan olinadigan taxminiy hosil va daromadni hisoblang
* Hisob-kitoblar o'rtacha 1 gektarga 10 000-12 000 tup o'simlik va o'rtacha jahon narxlari asosida tuzilgan.
💬 WhatsApp orqali taklif olishSavollar, ulgurji xaridlar va investitsiya takliflari uchun to'g'ridan-to'g'ri bog'laning.